• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 15, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining komplayens xizmati bosh mutaxassisi J.Poʻlatov, Arxitektura bosh muhandisi O.Hamrayev, inspeksiya boʻlim boshligʻi oʻrinbosari D.Jumayevlar Termiz shahri Ibn Sino koʻchasi yoqasidagi koʻp qavatli zamonaviy ofis binosini joyiga borib oʻrganishdi.

▶️Bino 2021-yil 18-mart kuni qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtgan. Buyurtmachi: “Termiz-Tezkor Qurilish”XK. Pudratchi: “Termiz-Tezkor Qurilish” XK. Loyihachi “Arch Design Servise” MCHJ.

🔵Bino 5 qavatli boʻlib, pishgan gʻishtdan iborat. Hozirgi kunda bino 5-qavatining usti ham toʻliq yopilgan boʻlib, obyektda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

❗️Aniqlanishicha, binoning ikki tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari oʻtgan. Oʻng tomondagi qurilish devori elektr tarmogʻidan 7 m, chap tomondagi qurilish devori elektor tarmogʻidan 10 m uzoqlikda joylashgan.

✅Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarorining 3-bobi “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish”ga asosan bino elektor tarmogʻidan 20m uzoqlikda qurilgan boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan. Shu bois quruvchiga oʻzi tomonidan oʻrnatilgan yuqori kuchlanishga ega simyog’och joyini belgilangan uzoqlikda qayta oʻrnatish tushuntirilgan hamda bu holat inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.