❕ Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani Alisher Navoiy ko’chasi 2a-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar (https://t.me/makarenko_channel/4720) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Toshkent shahar hokimining 2014-yil 14-maydagi “TOSHKENT O’RDASI” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Anhor kanali bo’yidagi o’zlariga tegishli hududda joylashgan qahvaxona binosini kanal muhofaza hududini saqlagan holda qayta qurish uchun 406-sonli qarori qabul qilingan.
⏺Toshkent shahar Arxitektura va qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan 2014-yil 4-iyuldagi arxitektura-rejalashtirish topshirig’i ishlab chiqilgan hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2021-yil 5-avgustda xulosa asosida loyiha hujjatlari kelishilgan.
Qurilish obyektida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga muvofiq “Qurilish – montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamenti”ga asosan nazorat inspeksiyasidan ro’yxatdan o’tmasdan qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilganligi bois “TOSHKENT O’RDASI” MChJning ma’sul shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi bilan 2022-yilda ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
🛡 Shuningdek, joriy yilda obyekt takroran joyiga chiqib o’rganilganda ham qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tmasdan qurilish ishlarini olib borayotgan MChJ mansabdor shaxsiga nisbatan noqonuniy qurilish ishlarini zudlik bilan to’xtatish bo’yicha ogohlantirilganligi va qurilish ishlariga mas’ul shaxslarga tushuntirish ishlari olib borilgan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga ko’ra qayta ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko’rilayotganligini ma’lum qilamiz.