Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabridagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahar Yangihayot tumani “Yangi Umid” MFY mahallasida tasdiqlangan konsepsiya asosida “Sport sog‘lomlashtirish markazi” qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, obyektning buyurtmachisi Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK va bosh pudrat tashkiloti “MARMAR” xususiy korxonasi tomonidan bugungi kunda obyektda muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish hamda bino hududini to‘siqlar bilan o‘rash ishlari olib borilgan.
“Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti”ga asosan qurilish nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tmaganligi sababli nazorat inspeksiyasi tomonidan obyektning qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yilgan edi. Ammo eʼtirozlardan so‘ng yana takroran joyiga chiqib, muammo o‘rganilganda, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish ishlarini olib borishayotgani aniqlandi. Shu bois inspeksiya tomonidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi, muammo nazoratga olindi.