• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 3, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔔 Ijtimoiy tarmoqlarda SamDU tomonidan talabalar uchun qurilayotgan yotoqxona aholi uylariga yaqin joyda ekanligi to‘g‘risida videolavha (https://t.me/trolluz/10909) e’lon qilindi. Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan murojaat joyiga chiqqan holda o’rganildi.

O‘rganishlar yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz:

Samarqand viloyati Qurilish Bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi yig’ilishida Samarqand Davlat universitetiga tegishli hududdan Raqamli texnologiyalar fakulteti, 300 o‘rinli talabalar yotoqxonasi va 70 o‘rinli chet ellik o‘qituvchilar uchun yotoqxona binosi qurilishi bo‘yicha buyurtmachi SamDUning loyiha taklifi ma’qullangan.

⏺Ushbu qurilishlarning “Universal Proyekt Plus” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyihasi viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 26-oktabr kuni kelishilgan. Obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan. Bugungi kunda qurilish-montaj ishlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga qonuniy tegishli bo‘lgan hududda amalga oshirilmoqda.

❗️Videolavhadagi aholining uyida esa qurilish vaqtida shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan va qoʻshni hududga ya‘ni SamDUga qarashli joyga o’zboshimchalik bilan eshik hamda derazalar ochib olingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori talablariga zid ravishda egalik huquqi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.