❕ Bugungi kunda Karmana tumani “Doʻstlik” MFYda 18 ta 5 qavatli 20 xonadondan iborat turar joy obyektlari Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
⏺Bugungi kunga qadar ushbu massivdagi turar joy obyektlari boʻyicha 75 marta monitoring ishlari oʻtkazilib, bajarilishi majburiy boʻlgan 68 ta yozma koʻrsatmalar berilgan.
🛡 Aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi, shuningdek, qurilish-montaj ishlarida loyihadan chetlanish va sifatsiz ish turlariga yoʻl qoʻyganligi sababli inspeksiya tomonidan buyurtmachining texnik va qurilish pudrat tashkilotining ichki nazorati boʻyicha masʼullariga nisbatan 4 marta Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 99-moddasi tegishli qismlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bugungi kun holatiga Navoiy viloyati boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi obyektlarda oʻrnatilgan tartibda qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish tizimli ravishda olib borilmoqda.