• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 9, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Fargʻona shahar Fargʻona kichik xalqa yoʻli Registon koʻchasida joylashgan turar-joy binosini yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini texnik xolati boʻyicha facebook ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Bino 1-qavati maishiy xizmat koʻrsatish va savdo sohalari uchun moʻljalangan, binoning yuk koʻtaruvchi devorlari pishgan gʻishtdan tiklanib, devorlari temir-beton konstruksiyalar bilan kuchaytirilgan, holati qoniqarli.

Binoning asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini obyektni loyiha hujjatlariga solishtirilganda binoning birinchi qavatida joylashgan asosiy yuk koʻtaruvchi devor konstruksiyalarining demontaj qilinmaganligi va barcha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning joylashishi loyiha hujjatlariga mosligi aniqlandi.

Ushbu turar joy binosi 2014-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kunda foydalanishga topshirilgan va faoliyat koʻrsatmoqda.