• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 9, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Buyurtmachi-pudratchi “XOVOS SAYQALI” MCHJ tomonidan Guliston shahar “Ulugʻ yoʻl” MFY Toshkent koʻchasi Sayxun bozori yonida 1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obyektlariga ega boʻlgan 7 qavatli turar-joy binosi qurilishi uchun Guliston shahar hokimining 2019-yil 26-yanvardagi qaroriga ko’ra yer maydoni ajratib berilgan.

Qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin 2019-yil 24-aprelda hududiy inspeksiyaga mas’ullar tomonidan xabarnoma joʻnatilgan va obyekt roʻyxatga olingan. Inspeksiya tomonidan nazorat jarayonlarida aniqlanishicha, obyektning 7-qavatida qurilish-montaj ishlari loyiha yechimlariga muvofiq bajarilmagan. Yaʼni “Bek Asl Boxid” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari boʻyicha 2019-yil 23-aprelda berilgan yigʻma ekspertiza xulosasida 7-qavat tom yopmasiga yigʻma temir beton ustidan tom qismida yogʻoch konstruksiyalardan foydalanib, metal profil bilan qoplanishi koʻrsatilgan bo’lgan. Ammo o’rganishlar jarayonida bu holat bajarilmagan.

🛡 Bugungi kunda ”XOVOS SAYQALI” MCHJ tomonidan 7-qavatdagi xonadonlarda yashovchi aholi koʻchirilib, loyihachi “Nanoproyekt va texnologiya” MCHJning loyihasi asosida tom qismidagi qurilish ishlaridagi kamchiliklar bartaraf etishga kirishilgan.