Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Doʻstlik” MFY, “Boʻston” shaharchasi, “Sh.Rashidov” koʻchasi, 1-xonadonda yashovchi A.Burxonovning “KUN.UZ” saytiga qilgan murojaati yuzasidan Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining rasmiy munosabati
Jizzax viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Doʻstlik” MFY “Boʻston” shaharchasi “Sh.Rashidov” koʻchasi 1-xonadonda yashovchi A.Burxonovning “KUN.UZ” saytiga qilgan murojaati belgilangan tartibda oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida quyidagilar maʼlum boʻldi:
“GOLDEN KEY MATERIAL” MCHJ tomonidan Zarbdor tumani Shodlik MFY hududida оmborxona binosini qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish obyektida qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida 2022-yil 14-yanvarda hududiy inspeksiyaga xabarnoma yuborgan.
Hududiy inspeksiya inspektori tomonidan qurilish obyektini nazoratini amalga oshirish uchun obyektga borilganda, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 3-bandi talabiga zid ravishda (3.Qurilish-montaj ishlarini xabarnoma yubormasdan amalga oshirish taqiqlanadi) qurilish obyekti 75 – 80 % bajarib boʻlinganganligi va tasdiqlangan loyiha boʻyicha bajarilmaganligi maʼlum boʻlgan va hududiy inspeksiya tomonidan bajarilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son Qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglament talabiga asosan binoning holati yuzasidan texnik oʻrganish oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma berilgan.
Joriy yilning 7-fevral kuni tadbirkorlik subyekti tomonidan obyektda qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmasdan foydalanishga qabul qilish maqsadida hududiy inspeksiyaga murojaat yuborilgan.
Hududiy inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 370-son qarori bilan tasdiqlangan qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 20-bandiga asosan obyektni qurilishi, (rekonstruksiyasi)ning tugallanmaganligi aniqlanishi yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi dalolatnoma loyihasini tayyorlash yoki kelishishni rad etish uchun asos boʻlishi hamda SHNK 03.01.04-04 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi”da qurilish obyekti loyiha asosida toʻliq yakunlangandan soʻng foydalanishga qabul qilishi qatʼiy belgilanganligi bois tadbirkorlik subyekti tomonidan hududiy inspeksiyaga kiritilgan murojaat belgilangan tartibda rad qilingan.
Buyurtmachi-pudratchi bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining 4-bandida Investitsiya majburiyatlari bajarilishining hajmi, turlari va jadvalida 60 foizini ishga tushirish jumlasi koʻrsatilmagan. Murojaatda esa tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya shartnomasida 60 foiz qurilish ishlari bajarilgandan soʻng qurilish obyektini ishga tushirish mumkinligini aytib oʻtgan.
Davlat arxitektura-qurilish nazorati (GASN) hududiy inspeksiyasi inspektori kelib, arzimas muammolarni koʻrsatgan holda obyektni tayyor emasga chiqaryapti. Holbuki, bu yaʼni styajka qilish majburiyati shartnomada koʻrsatilmagan. Shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsada mazkur obyekt uchun loyiha tashkiloti tomonidan ishlangan loyihada h-12 sm (shebyonniy podgotovka) h-5 sm asfalt bundan tashqari yomgʻir suvlarini hududdan olib chiqib ketish uchun moʻljallangan lotok va asfalt chegarasiga bordyur koʻrsatilgan.
Biroq buyurtmachi tomonidan yuqoridagi qurilish-montaj ishlari toʻliq tugatilmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik Kodeksining 60-moddasida “Obyektlar qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi” deb belgilangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son Qarori bilan tasdiqlangan 7-ilova Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 20-bandida qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmagan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish taʼqiqlanishi belgilangan.
Loyihada sokolning 13.7 m2 qismini shtukaturka pod “shubu”, binoning fasad qismini 95.8 m2 qismi shtukaturka qilinib, emulsiya qilish berilgan.
Biroq buyurtmachi-pudratchi tomonidan yuqorida keltirilgan qurilish-montaj ishlari bajarilmagan.
Shu bilan birga qurilish obyektini murojaatga muvofiq oʻrganish davomida quyidagi shaharsozlik norma va qoidalari buzilish holati aniqlandi, jumladan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 6-moddasida “Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi boʻlib, ular shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy”, – deb belgilangan.
Shunga binoan SHNQ-3.01.01-03 “Qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish”ning 3.1-bandida “Qurilish-montaj ishlarini tasdiqlangan qurilish loyihalarisiz olib borish man etiladi. Loyiha hujjatlaridan ularni ishlab chiqargan va tasdiqlagan tashkilotlarni kelishuvisiz chetga chiqish ruxsat etilmaydi”, – deb taʼkidlangan.
Buyurtmachi-pudratchi tomonidan esa loyiha hujjatlarida 75 markali sopol gʻisht va 50 markali aralashma (rastvor) boʻlishi belgilanganligiga qaramasdan amalda shlakablok gʻishtdan bino koʻtarilgan.
2. Shuningdek, loyiha hujjatlariga asosan ishlab chiqarish binosida 500×500 mm oʻlchamdagi FM-1 quyma monolit beton oʻrniga, loyiha hujjatiga zid ravishda metal ustunlardan bajarilgan.
3. Tasdiqlangan loyihaning AS-11 sahifasiga asosan binoning yogʻin suvlari uchun moʻljallangan D-150 mm oʻlchamdagi suv novlari (vodostok) umuman bajarilmagan.
4. Ishlab chiqarish binosining gʻisht terish ishlarida +2.350-2.550 balandlik qismida (otmetkasida) bino butun perimetri buyicha temir beton belbogʻ (poyas) berilgan boʻlib, ushbu ishlar loyihaga zid ravishda bajarilmagan.
5. Loyiha hujjatining AS-8 sahifasida 5 dona, 6 metrlik 50x50x5 oʻlchamdagi B-1 metall balka berilgan boʻlib, amalda ushbu metall balkalar oʻrniga yogʻoch materiallardan foydalanilgan.