• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 10, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

➡️O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192-moddasi 1-qismida belgilangan “Tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha” fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, shuningdek, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish bo’yicha javobgarlik belgilangan.

Xususan, fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashitirish bo’limlariga yoki profilaktika inspektoriga va 102 telefon raqamlariga murojaat qiling!

⏺ Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-sonli qarorining 3-ilova, 10-bandiga muvofiq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga (SES) hamda Mehnat kodeksi talablari buzilishini tekshirish va mehnat normalari qonuniyligini tekshirish hamda munosabat berish uchun mehnat inspeksiyasiga murojaat yo’llashingiz mumkin.