• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 13, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Har bir murojaat joyiga chiqib o’rganiladi!

💬Facebook ijtimoy tarmogʻida A.Mamatovning murojaati yuzasidan viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganini ma’lum qilamiz.Andijon shahar Furqat koʻchasi 150-a manzildagi mavjud choyxona va nonvoyxona binolarini buzib, oʻrniga 3 qavatli 1-2-qavatlari savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasi, 3-qavati turar-joy binosi va inshootlarini qurish nazarda tutilgan.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyekt 2022-yil 26-iyul sanasi bilan roʻyxatdan o‘tgan.

Inspeksiya tomonidan obyektda oʻrnatilgan tartibda monitoring tadbirlari olib borilgan. Monitoring jarayonida aniqlangan 15 ta kamchilik boʻyicha 6 ta yozma koʻrsatma berilgan. Hozirda kuz-qish mavsumi davrida qurilish-montaj ishlari buyurtmachi tomonidan vaqtincha toʻxtatilgan.

✅ Andijonlik yurtdoshlarimizga obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar unda kechayotgan har bir jarayon inspeksiya tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilamiz.