• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 13, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Qurilish me’yoriy talablari qo’pol ravishda buzilgan obyektda qurilish-montaj ishlari to’xtatilgan.

🔨 Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Fargʻona shahar Registon koʻchasida joylashgan turar-joy binosi boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Buyurtmachi H.Latipov tomonidan qurilayotgan Fargʻona shahar Registon koʻchasidagi boʻsh yer maydonida toʻrt qavatli turar-joy binosi, avtoturargoh, bolalar maydonchasi qurish hamda tutash hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish obyekti inspeksiyadan 2018-yil 3-dekabr kuni roʻyxatdan oʻtgan va qurilish ishlari boshlangan, obyektda inspeksiya tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilgan.
Turar-joy binosining loyiha hujjatlarida toʻrt qavat qurish belgilangan, amalda esa yetti qavat qilib qurilgan. Ushbu obyektning beshinchi, oltinchi, yettinchi qavatlarini qurish uchun pastki qavatlarni yuk koʻtarish qobiliyatini oʻrganish boʻyicha “INSPECTION WORK” MCHJ (bino inshootlarni texnik xolatini tekshirish boʻyicha litsenziya raqami AL-002105) tomonidan tayyorlangan texnik xulosaga asosan yuqori qavatlarni yengil qurilish materiallaridan bajarishga tavsiya etilgan. Lekin buyurtmachi H.Latipov va pudratchi “Ikat Vodiy” MCHJ tomonidan ushbu xulosaga asosan loyiha hujjatlari qayta toʻliq ishlab chiqilmagan, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilmagan hamda inspeksiyaga xabarnoma yuborib roʻyxatdan oʻtmasdan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

🔔Ushbu holat yuzasidan Fargʻona viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan obyekt qurilishini toʻxtatish toʻgʻrisida 2022-yil 12-dekabrda yozma koʻrsatma berilgan. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan 2022-yil 26-dekabr kuni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida MJtK 99-modda 7-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy sudga yuborilgan. Bugungi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan.