• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 13, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Sergeli tumani Sergeli 1-daha 53-uy 64-xonadon mulkdori R.Sherimbetova tomonidan xonadonini turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish boʻyicha Sergeli tumani qurilish boʻlimidan ruxsatnoma olgan.

Noturar joydagi qayta rejalashtirish ishlari tegishli tartibda tuman Qurilish boʻlimi tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan kelib chiqib, Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr davlat korxonasining Sergeli tuman filiali tomonidan qurilishi tugallangan noturar joy sifatida binoni foydalanishga qabul qilinganligi maʼlum boʻldi.