Buxoro shahar hokimining 2018-yil 20-apreldagi yer uchastkasi ajratish to’g’risidagi qaroriga muvofiq Sh.Djurayevaga shaharning Ibn Sino ko’chasi hududidan qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalanilmaydigan zaxira yerlari hisobidan 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko’rsatish hamda yuqori qavatlari ko’p xonadonli turar-joy qurish uchun 1900,0 metr kvadrat maydoni ajratilgan.
Fuqaro davlat xizmatlari markazi orqali qilgan murojaati asosida Buxoro viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2018-yil 3-iyuldagi arxitektura-rejalashtirish topshirig’i tayyorlab berilgan.
Turar joy binosi qurilishi boʼyicha loyiha yechimlari “Loyihasuvqurilish” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan. 2019-yil 25-sentabrda “Asror Ekspertiza” MCHJning ekspertiza xulosasi olingan. Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyaga davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinib, 2020-yil 19-martda inspeksiyada roʼyxatga olingan. Obyektda qurilish ishlari 2019-2021-yillar davomida bajarilgan.
O’rganishlar davomida ushbu turar-joy binosida MJCH tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan ish turlari
– yo’laklarni suvoqlash, parzodlash ishlari;
– zinapoya kataklarini hamda maydonchalarida tosh terish ishlarini bajarish;
– yo’laklarning kirish joylariga soyabon qismi, yoritish moslamalari hamda bino ichida lift qurilmalarini o’rnatish;
– lift atrofida tutqich (poruchen) qo’yish;
– elektr kabellarini montaj qilish;
– binoning yer to’la qismiga eshiklarni o’rnatish;
– binodagi barcha derazalar hamda undagi shishalarni qo’yish;
– gorizontal va vertikal choklarni yopish;
– fasad va sokol qismini yakunlash;
– binoning sun’iy qoplama (otmoska) hamda obodonlashtirish ishlarini yakunlash kabilardir.
Holat inspeksiya tomonidan nazoratga olinib, yuqori turuvchi organ sudga hujjatlar taqdim etilgan va ular tomonidan ham obyektda nazorat o’rnatilgan. Bugungi kunda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli mas’ullar tomonidan kamchiliklar birin-ketin bartaraf etilmoqda.