• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 15, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

2023-yil 13-fevralda telegram kanallar orqali Navoiy shahar eski “Yoshlik” MFY hududidagi ko’p qavatli uy-joyning qurilish-montaj ishlariga aniqlik kiritish maqsadida kelib tushgan murojaat Navoiy viloyat hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi:

O’rganish ishlari davomida Karmana tumani “Yoshlik” MFY hududidan “Navoiy tears invest” MCHJga 2 ta 7 qavatli turar-joy qurish uchun yer ajratilgani aniqlandi.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida “Navoiy tears invest” MCHJ tomonidan qo’shimcha qavat qurish uchun binoning texnik holatini hamda yuk ko’tarish qobiliyatini o’rganish maqsadida “Buxoro neftgaz montaj” MCHJ bilan shartnoma qilinib, 8 qavat qurish uchun 2019-yil 19-dekabrda ijobiy texnik xulosa olingan hamda 2021-yil 10-maydagi Navoiy shahar hokimining qarori bilan o’zgartirilishlar kiritilgan. 2 ta 7 qavatli turar-joy binosi hududidan chiqmagan holda 1-qavatida maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari bo’lgan 2 ta 6 qavatli hamda 2 ta 8 qavatli binolari qurilishi tasdiqlangan.

1-qavatida maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari bo’lgan 2 ta 6 qavatli hamda 2 ta 8 qavatli binolarning loyiha-smeta hujjatlari 2021-yil ishlab chiqilib, “Navoiy proekt pro” MCHJ (Lisenziya №002050 sana 30.06.2016) ekspertiza tashkilotidan 2021-yil 18-mayda ijobiy xulosa olingan va Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining ijobiy xulosasi olingan hamda o’rnatilgan tartibda Navoiy viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qayta ro’yxatdan o’tkazilgan.

Obyektning qurilish-montaj ishlari tugallanib, foydalanishga qabul qilish uchun “Navoiy tears invest” MCHJ tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali bergan arizasiga asosan, QSHN inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan qurilish-montaj ishlari to’liq bajarilganligi o`rganib chiqilib 29.12.2022 yilda foydalanishga qabul qilingan.