• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 2, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Xabar.uz saytida “Аhvol abgor holga keldi” sarlavhali material eʻlon qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan oʻrganishlar olib borildi.

Xabarda aytilgan qurilishlar boʻyicha quyidagilarni maʻlum qilamiz:

1) Samarqand shahar “Afrosiyob” mahallasi Shoxi Zinda koʻchasi 283A-manzildagi obyekt boʻyicha Samarqand shahar hokimining 2019-yil 11-fevraldagi qarori bilan shahar YoXBning 2019-yil 17-yanvardagi shahar DSENMning 2019-yil 19-yanvardagi hamda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2019-yil 21-yanvardagi xulosalarini inobatga olib, shahar hokimligi yer komissiyasining 2018-yil 28-dekabrdagi “Qurilish uchun tanlangan yer maydoni dalolatnomasi” tasdiqlanib, fuqarolar R.Kobilov va А.Baykulovlarga buzilishga tushgan savdo doʼkonlari binolari evaziga tovon tariqasida Samarqand shahar “Shohi Zinda” koʼchasida joylashgan koʼcha kengayishi munosabati bilan buzilishi rejalashtirilgan. 283-raqamli ikki qavatli turar-joy binosining orqa qismidan fuqaro S.Rahmatova bilan birgalikda savdo va maishiy xizmat koʼrsatish hamda yashash xonalaridan tashkil topgan bino qurishga ruxsat berilgan hamda 400,0 kv.metr boʼsh yer maydoni ajratilgan. Ushbu qaror asosida Samarqand viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019-yil 28-iyunda АRT (Аrxitektura rejalashtirish topshirigʼi) rasmiylashtirilgan. Mazkur hududda 3 qavatli 1-qavati sadvo va maishiy xizmat koʼrsatishdan iborat turar-joy binosi qurilishi boʼyicha loyiha taklifi va obyekt joylashuvi viloyat Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi “Аrxitektura-shaharsozlik Kengashi”da 2020-yil 11-sentabrda maʼqullanib, loyiha shahar va viloyat Bosh arxitektorlari hamda viloyat Madaniy meros boshqarmasi bilan kelishilgan, tasdiqlangan loyiha asosida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari boʼyicha 2020-yil 19-oktabrda ekspertiza xulosasi olingan.

Keyinchalik obyekt fuqaro B.Salohiddinovga oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilgan va B.Salohiddnov tomonidan obyektda qurilish ishlarini davom ettirish uchun barcha shaharsozlik hujjatlari qaytadan rasmiylashtirilgan hamda 2022-yil 7-oktabrda Samarqand shahar Qurilish boʼlimi tomonidan “Samarqand shahar “Аfrosiyob” MFY, “Shoxi Zinda” koʼchasi 283 “А”-manzildagi noturar-joy binosining 2-3-qavatlarida joylashgan binosi noturar joydan turar joyga qayta ixtisoslashtirish”ga ruxsatnoma berilgan.

Ushbu ruxsatnoma asosida “Yertoʼla va birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʼrsatish (noturar)” va “Ikkinchi va uchinchi qavatlari yashash xonalaridan iborat bino (turar-joy) sifatida ikkita alohida kadastr pasporti shakllantirilib, Davlat reestri roʼyxatiga olinib koʼchirma berilgan. Fuqaro B.Jabbarovning devoridan B.Salohiddinovga tegishli binoga qadar boʼlgan masofa 6 metrni tashkil etib, ShNKning 2.07.01.-03 *21.1 bandida shaxsiy turar joy binolari va bogʼ-dala hovli qurilmalari joylashgan tumanlarda turar-joy binolar derazalari qo‘shni yer uchastkalarining uy va xoʼjalik binolari devorlarigacha boʼlgan masofa 6 metrda kam boʼlmasligi zarur deb belgilangan. Qoʻshimcha qilib shuni maʻlum qilamizki, Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasi boshligʼi buyrugʼiga muvofiq B.Salohiddinov boshqarmada bosh mutaxassis lavozimida 2021-yil 12-mart kunidan boshlab faoliyat olib bormoqda, yaʼni yuqoridagi obyektni 2021-yil 12-fevralda sotib olish kunida u davlat tizimida ishlamasdan xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanib kelgan.

2) Samarqand shahar “Afrosiyob” mahallasi, Shoxi Zinda koʻchasi 289-manzildagi obyekt boʻyicha 2021-yil 31-iyul kuni fuqaro G.Rustamova Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib kadastr hujjatlariga binoan oʻziga tegishli uy-joy binolarini uch qavatli qilib, birinchi va ikkinchi qavatlari savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, uchinchi qavati uy-joy sifatida qurishga ruxsat berishni soʻragan va Samarqand shahar Qurilish boʻlimi tomonidan 2021-yil 31-iyul kuni “Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish”ga ruxsatnoma berilgan. Ushbu ruxsatnoma asosida Samarqand viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 6-oktabrda ART (Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi) rasmiylashtirilgan. Mazkur hududda 3 qavatli, 1,2-qavatlari sadvo va maishiy xizmat koʻrsatish, 3-qavati uy-joy binosi qurilishi boʻyicha loyiha taklifi va obyekt joylashuvi 2021-yil 2-martdagi viloyat Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi “Arxitektura-shaharsozlik Kengashi”da maʼqullanib, loyiha mutasaddilar bilan kelishilgan.

“MUNIS STORY SERVIZ” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga “SHAHARSOZLIK LOYIHA EKSPERTIZASI” MChJ tomonidan 2022-yil 2-yanvarda ekspertiza xulosasi berilgan. Ammo obyektda bugungi kunda Samarqand viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor qilmasdan oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirib kelinmoqda. Qurilish jarayonida obyektning orqa tomonida derazalar oʻrnatilishida yaqqol koʻrinmaslik talablari bajarilmasdan qolmoqda. Shunga koʻra qurilish obyekti egasiga mutasaddilar tomonidan bir necha marotaba qurilish ishlarini amalga oshirishda yaqqol koʻrinmaslik talablarini bajarish lozimligi haqida tegishli topshiriqlar berilib, tushuntirish ishlari va tegishli tavsiyalar berilgan.

Fuqaro G.Rustamova oʻziga tegishli uy-joyni buzib, hududi hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga inspeksiyasini xabardor qilmasdan oʻzboshimchalik bilan amalga oshirganligi oqibatida amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq vakolatli organ tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilishini maʼlum qilamiz.

3) Samarqand shahar “Afrosiyob” mahallasi Shoxi Zinda koʻchasi 291-manzildagi obyekt boʻyicha 2021-yil 10-iyun kuni (ishonchnomaga asosan) fuqaro A.Karimov Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, kadastr hujjatlariga binoan Srkin Pavel Ivanovich va Smirnoma Lyudmila Ivanovnalarga tegishli uy-joy binolarini uch qavatli qilib, birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, ikkin va uchinchi qavatlarini uy-joy sifati qurishga ruxsat berishni soʻragan va Samarqand shahar Qurilish boʻlimi tomonidan 2021-yil 10-iyun kuni “Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish”ga ruxsatnoma berilgan.

Ushbu ruxsatnoma asosida Samarqand viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 23-noyabrda ART (Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi) rasmiylashtirilgan. Mazkur hududda 3 qavatli, 1-qavati sadvo va maishiy xizmat koʻrsatish, 2 va 3-qavati uy-joy binosi qurilishi boʻyicha loyiha taklifi va obyekt joylashuvi maʻqullanib, loyiha shahar va viloyat Bosh arxitektorlari bilan kelishilgan. “ARMAS” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga “ShAHARSOZLIK LOYIHA EKSPERTIZASI” MChJ tomonidan 2021-yil 27-dekabrda ekspertiza xulosasi berilgan. Fuqaro A.Karimov tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali 2022-yil 28-fevraldagi ariza bilan inspeksiyani qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabardor qilgan. Qurilish jarayonida obyektning orqa tomonida derazalar oʻrnatilishida yaqqol koʻrinmaslik talablari bajarilmasdan qolmoqda. Holat nazoratga olingan.