• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 16, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ibn Sino-1 mavzesi 22-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha facebook ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Shayxontohur tumani qurilish bo’limi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga 2021-yil 6-martda ruxsatnoma berilgan.

2021-yil 27-martda loyiha tashkiloti “BUNYOD LOYIHA” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan eskiz loyiha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi bilan tasdiqlangan va kelishib berilgan. “BUNYOD LOYIHA” MChJ tomonidan ishchi loyiha hujjatlari ishlab chiqilganidan so’ng “ABAT” ishlab chiqarish korxonasi tomonidan hozirgi kundagi qurilish va shaharsozlik me’yor va qoidalariga mos kelishi yuzasidan 2021-yil 30-aprelda yig’ma ekspert xulosasi tasdiqlangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan jismoniy shaxs A.Rahmatxonov qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy inspeksiyani xabardor etgan va o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan.

Hozirgi kunda mazkur qurilish obyekti jismoniy shaxs X.N.Husniddinov nomiga o’tkazilgan hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 31-mayda obyektni qayta rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berilgan. “GAMMA EXPERT” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan eskiz loyiha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 1-dekabrda loyha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik ishchi organi tomonidan tasdiqlangan va kelishib berilgan. “GAMMA EXPERT” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan ishchi loyiha hozirgi kundagi qurilish va shaharsozlik me’yor va qoidalariga mos kelishi yuzasidan “EXPERTISE” MChJ tomonidan 2022-yil 26-dekabrda yig’ma ekspert xulosasi tasdiqlangan.

Yuqoridagi hujjatlarga asosan jismoniy shaxs X.N.Husniddinov tomonidan 2023-yil 1-yanvarda Davlat xizmatlari markazi orqali o’zgarishlar yuzasidan hududiy inspeksiyani xabardor etgan. Qo’shimcha qilib, O’zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qaroriga asosan hududiy inspeksiya inspektorlari tomonidan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan tizimli Davlat qurilish nazorati o’rnatilgan.