⚡️2022-yilning 20-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o’rganildi.
❗️Toshkent shahar Yashnobod tumani Ohangrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining qurilish ishlari ( ijtimoiy tarmoqda surati namuna sifatida ko’rsatilgan) buyurtmachi tashkilot “SULTON HOUSE GROUP” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlaymizki, mazkur qurilish tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan. Shu bois inspeksiya tomonidan ushbu tashkilotga 2021-yilda 359-sonli yozma ko’rsatma berilgan va mazkur talablarni o’z vaqtida bajarilmaganligi sababli ushbu obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotgan buyurtmachi tashkilot “SULTON HOUSE GROUP” MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan MJTKning 99-moddasi 7-qismi bilan choralar ko’rilgan.
✅O’z ishida mas’uliyatsizlikka yo’l qo’yishda davom etib kelayotgan tashkilot rahbarlariga quruvchilar xavfsizligini ta’minlash borasida tushuntirish ishlari olib borilib, avvalo, obyektning noqonuniy qurilish bo’lgani sababli qurilish-montaj ishlari to’xtatilgan.