• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 17, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Buxoro shahar M.Narshaxiy MFY X.Gʻijduvoniy koʻchasi 1-muyulish 16-xonadonda kotlovan qazish ishlari olib borilganligi va qoʻshnilarning devorlariga zarar yetkazilganligidan norozi boʻlib, ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan murojaat soha mutaxassislari ishtirokida oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro A.Ikromov tomonidan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan, uy-joy hududidagi barcha imoratlarni yiqitib, kotlovan qazishi oqibatida X.A.Gʻijduvoniy koʻchasi 115-uy va 117-uyning chegara devorlari qulab tushgan hamda 14-uyning poydevor osti tuprogʻi koʻchgan.

Hududda hozirda qurilish ishlari toʻxtatilgan.

Mazkur masala bo’yicha mas’ullarga tegishli yoʻriqnoma va tushuntirishlar berilganligini maʼlum qilamiz.