• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 17, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish Buxoro viloyati hududiy inispeksiyasi tomonidan Buxoro shahar Piridastgir koʻchasida joylashgan 14-koʻp kvartirali uyning 1-qavаti fuqarolarning murojaatlari yuzasidan oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:

Koʻp kvartirali uyning 1-qavatida joylashgan binoning ichki qismi fuqaro I.Latipov tomonidan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilgan.

Fuqaro I.F.Latipov va “Buxoro Neftgaz Montaj” MCHJ korxonasi tomonidan kuchaytirish ishlarini bajarish uchun 2022-yil 5-oktabr kuni shartnoma tuzilgan boʻlib, “Buxoro Neftgaz Montaj” MCHJ korxonasi tomonidan qayta rekonstruksiyaga texnik xulosa berilgan.

Fuqaro I.F.Latipov tomonidan texnik xulosalarga amal qilinmasdan, kuchaytirishsiz qayta rekonstruksiya ishlari bajarilgan.

Ushbu aniqlangan kamchiliklar yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.