• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 22, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Qoʻqon shahar A.T.Xoʻqandiy mavzesi “41-Rayhon” MFY 128-uy orqa qismida noqonuniy ravishda qurilish ishlari boshlanganligi boʻyicha ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hududda 2021-yil 21-mayda Qoʻqon shahar hokimligi bilan fuqaro U.Muhiddinov oʻrtasida yengil tipda savdo doʻkoni oʻrnatish maqsadida 240,0 m2 yer maydoni ijara asosida foydalanishga berilgan.

Tuzilgan shartnomada tasdiqlangan loyiha asosida yengil tipda qurilish ishlarini amalga oshirish hamda belgilangan maqsadlarda foydalanilishi ko’rsatilgan boʻlib, yuqoridagilarga amal qilmagan taqdirda qonunda belgillangan tartibda javobgar boʻlishi qayd etilgan.

Lekin ushbu obyekt inspeksiya tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda u yerda yengil konstruksiyalardan foydalanilgan holda vaqtinchalik savdo doʻkoni oʻrnatilmasdan, aksincha oʻzboshimchalik bilan mukammal qurilish ishlari olib borilayotgani, beton poydevor quyilib, beton bloklardan devor tiklash ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga asosan nazorat inspeksiyasi tomonidan fuqaro U.Muhiddinovga qurilish-montaj ishlarini zudlik bilan toʻxtatish toʻgʻrisida 2023-yil 20-fevralda ogohlantirish xati berilib, obyektda qurilish ishlari toʻxtatilgan.