• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 23, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔨 Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yangihayot tumani ”Yangi darxon” MFYda joylashgan qurilish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

⚫️Toshkent shahar Qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasiga obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 2022-yil 14-mart kuni xabarnoma yuborilgan.

Hozirgi kunda inspeksiya tomonidan obyektning qurilish-montaj ishlari ustidan davlat nazorati o’rnatilgan bo‘lib, 24 ta 16 qavatli turar joy majmuasidan 12 ta ko’p qavatli turar-joy binolari to’laqonli qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan.

🔔 “LEND HOUSE” MChJ tomonidan qurilgan ko’p qavatli turar-joy binolarida maxsus yer osti suvlarini chiqazish uchun zarur moslama (skvajina drenajlari) o’rnatilgan. Ular shu kunga qadar ishlab kelmoqda va qurib bitkazilgan uylarning yerto’la qismida hech qanday namgarchilik mavjud emasligini ma’lum qilamiz.

Suratda ko’rsatilgan ko’p qavatli turar joy qurilishi lozim bo’lgan hududga “LEND HOUSE” MChJning hech qanday aloqasi yo’q va u kanal yaqiniga joylashmagan hamda ko’rsatilgan joyda faqatgina yer ishlari amalga oshirilgan.

📨 Tarqalgan suratlar 2022-yil yoz oylarida olingan bo‘lib, ko’rsatilgan yer maydoni kanalga yaqin joyda emasligi, ariq suvlari oqib kirmagani hamda qazilgan handaqda hozirgi kunda hech qanday yer osti va yomg’ir suvlari yo’qligi, namgarchilik holatlari ham mavjud emasligi aniqlandi.

Yer ishlari amalga oshirilgan hudud inspeksiya ro’yxatidan o’tmagan bo’lib, noqonuniy qurilish-montaj ishlari inspeksiya tomonidan to’xtatilgan bo‘lgan.