🔄Buxoro shahar hokimining 2020-yil 10-dekabrdagi qaroriga asosan shaharning “Аlpomish” koʼchasi hududidan “Bukhara Golden House” xususiy korxonasiga birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat koʼrsatish hamda yuqori qavatlarida koʼp xonadonli turar-joy binosi qurish va hududga tutash yerlarni obodonlashtirish uchun 304,0 kv.metr yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan.
Mas’ullar obyektda qurilish boshlash uchun 2022-yil 17-mart kuni Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʼyxatdan oʼtishgan.
🔺Nizoli holat davom etavergani uchun “Bukhara Golden House” xususiy korxonasi Fuqarolik ishlari boʼyicha Buxoro tumanlararo sudiga ajratilgan yer maydonida qurilish qilishga qarshilik koʼrsatmaslik majburiyatini yuklash haqidagi daʼvo arizasini kiritgan boʼlib, mazkur sudning 2022-yil 10-oktabrdagi HАL QILUV QАRORIga asosan “Javobgarlar G.Nasibullina, Sh.Shamsiyev va Q.Аshurovlarga nisbatan ajratilgan yer maydonida qurilish qilishga qarshilik koʼrsatmaslik” majburiyati yuklanganligini ma’lum qilamiz.