• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 28, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

🔎 Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani 15-mavze 26A-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha facebook ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar  yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Obyektda “HI TECH TOWER” MChJ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz, koʻp qavatli turar-joy binosining loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan hamda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganlik holati aniqlangan.

⏺ Koʻp qavatli turar-joy binosining qurilish-montaj ishlarini noqonuniy ravishda olib borayotgan “HI TECH TOWER” MChJ rahbariga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma berilgan. Yozma koʻrsatma talablari oʻz vaqtida bajarilmaganligini sababli MChJ rahbari J. Nuriddinov MJtKning 99-moddasining 7-bandiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalarini qat’iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Yunusobod tuman hokimligiga “HI TECH TOWERS” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda chora ko’rilishini so’rab xat yuborilgan.