⚡️S.Rahmonovga tegishli boʻlgan Ibrat koʻchasidagi savdo doʻkoni Qoʻqon shahar hokimining 2020-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan buzilishga tushgan boʻlib, ushbu bino oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qaroriga asosan yetkazilgan zararni qoplash uchun A.T.Xoʻqandiy mavzesi hududidan uch qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, 2-3-qavatlarida turar joy) bino qurish uchun shahar hokimining qarori bilan yer maydoni ajratib berilgan va ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilgan holda qurilish ishlari boshlangan.
▶️“Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJning 2020-yil 11-oktabrdagi texnik xulosasiga koʻra qurilish ishlari 26,8%ga bajarilgan hamda qurilishi tugallanmagan ushbu obyekt 2021-yil 6-yanvarda B.Haydarovga sotilgan. Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJ tomonidan 2021-yil 22-iyunda 4-5-6 qavatlarini koʻtarish boʻyicha texnik xulosasiga asosan Qoʻqon shahar qurilish boʻlimi tomonidan 2021-yil 27-mayda A.T.Xoʻqandiy mavzesi 128-g uyda joylashgan bino inshootlarni B.Haydarov tomonidan SHNQ va QMQ talablari va tasdiqlanilgan loyiha asosida 6-qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, 2-3-4-5-qavatlariga turar joy, 6-qavatida pentxaus) binosi rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun 91-sonli ruxsatnoma berilgan. Shuningdek, viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 21-iyunda 1730-1730405-22375-sonli ART (Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi) tayyorlab berilgan. Loyiha ishlari va hujjatlari ishlab chiqilib, “Qoʻqon yoʻl loyiha” MCHJ tomonidan 2021-yil 26-iyunda 446/26-sonli ijobiy ekspertiza xulosasi olingan.
✅“Fargʻona XETK” AJ muhandisi tomonidan ushbu obyektda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash” toʻgʻrisidagi qarori talablariga rioya qilinishi oʻrganib chiqilgan hamda koʻp qavatli uylarni qurishda mazkur qarorning 3-bob 14-bandi talablariga toʻliq rioya qilinganligi ma’lum bo’ldi.