Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi effekt.uz saytining youtube platformasi orqali e’lon qilingan Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy ko’chasida joylashgan obyekt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:
“Touros Trading” MChJ tomonidan ko’p qavatli turar joy majmusi qurilishi inspeksiya ro’yxatidan o’tgan va ushbu obyekt foydalanishga qisman topshirilgan.
Ko’rsatib o’tilgan manzilda ko’p qavatli turar-joy binolarining qurilish-montaj ishlari to’liq yakullanganligi munosabati bilan “Touros trading” MChJning texnik nazoratchisi va “Arxdizayn” MChJ tomonidan biriktirilgan mualliflik nazorati tomonidan obyekt to’liq tasdiqlangan loyiha asosida bajarilgan va foydalanishga qabul qilish uchun hech qanday to’siq yo’qligi to’grisida xulosalar mavjud.
Shuningdek, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan elektr hisoblagichlar ASKUE tizimiga mos ravishda qo’yilgan. “Touros tranding” MChJ tomonidan elektr transformator podstansiyasi o’rnatilgan va ishga tushirilgan. Obyektda gaz quvurlari o’rnatilgan bo’lib, quvurlar bosim ostida tekshiruvdan o’tgan. Gaz ta’minoti berish ishlari faqatgina hisoblagichlar o’rnatilishi va har bir xonadonga hisob raqamlari ochilgandan so’ng amalga oshirilishi aniqlandi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman bo’limi, Favqulotda vaziyatlar bo’limining obyektlardan foydalanish bo’yicha ijobiy xulosalari va ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasining ijobiy xulosasiga muvofiq inspeksiya tomondan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilgan.
Ma’lumot uchun “Touros Trading” MChJ va fuqarolar o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan shartlarni nazorat qilish Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz.