❕ Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Chilonzor tumani Olmazor massivi 7, 8, 8/1, 8/2, 9 va 9a-uylar atrofidagi qurilish obyekti bo’yicha telegram kanali orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur manzilda “UNIVERSAL CLEANING SERVIS” XK tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz, qurilishi rejalashtirilgan avtoturargoh binosining loyiha-smeta hujjatlari, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi tomonidan ijobiy xulosalar asosida kelishilgan, ammo hududiy nazorat inspeksiyani xabardor qilish orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan.
O’rganish davomida ushbu hududda qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi hamda “UNIVERSAL CLEANING SERVIS” XKga tegishli yer maydonining hududi xavfsizlik choralarini ko’rish maqsadida profnastil bilan o’rab olingani ma’lum bo’ldi.
✔️ Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy inspeksiyadan ro’yxatdan o’tmasdan avtoturargohni qurish ishlari boshlansa mansabdor shaxsga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’rilishini ma’lum qilamiz.