⚠️ Termiz shahar “7/7” koʻchasidagi 7 qavatli uy qurilishi 2022-yil 6-yanvarda inspeksiya tomonidan roʻyxatga olingan va qurilish-montaj ishlari boshlangan.
Buyurtmachi va pudratchi tashkilot ”Termiz qurilish industriya-sanoat injiniring“ kompaniyasi, loyihachi tashkilot esa ”Salovat sifat loyiha“ MCHJ hisoblanadi. Kompaniya tomonidan Termiz shahar Farovon massivi 3-mavzeda qurilgan 7 qavatli uy-joy to‘liq bitkazilgan.
✔️ Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganda ushbu uyning 2-qavat 3-xonadonida yashovchi fuqaro N.Xudoyberdiyevaning murojaati o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu kamchiliklarni kompaniya tomonidan xonadon egasining roziligi asosida joriy yilning 6-martidan boshlab bartaraf etish bo‘yicha kafolat xati olingan.