• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 2, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

📎 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Azimov ko’chasi, 5, 2 va 3-tor koʻchalari oʻrtasida olib borilayotgan koʻp qavatli turar-joy va ma’muriy bino qurilishi bo’yicha aholi noroziligi aks etgan videoni o’rganib chiqdi.

Ma’lum bo’lishicha, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-martdagi qaroriga asosan “TRAINING PROJEKT” MChJga Yashnobod tumani S. Azimov ko’chasi, 5, 2 va 3-tor koʻchalari oraligʻida joylashgan turar va noturar- joy binolarini buzilishi hisobiga hamda yetkazilgan zararlarni oʻrnatilgan tartibda qoplash sharti bilan koʻp qavatli turar-joy va ma’muriy binolarni qurish uchun 2,1 ga yer maydoni ajratilgan.

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi bilan kelishilgan loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan kоʻrib chiqilgan va yigʻma ekspert xulosasi berilgach, Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan.

◀️ Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchilik va qonun buzilish holatlari yuzasidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berilgan va ular belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli MChJga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik chorasi qo’llanilgan.

Bugungi kunda aholi va MChJ mas’ullari o‘rtasida yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar bo’yicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish idoralari yoki yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilinishi mumkin.