❕ Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Nurchilar” MFY hududidagi qurilish obyekti bo‘yicha murojaat nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Uy-joy qurilishi buyurtmachisi va pudratchisi “MAHZUZ” MCHJ, loyiha tashkiloti “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ hisoblanadi.
Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 2020-yil 30-sentabrda ariza orqali obyektda 1-bosqich qurilish montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtgan.
➖ Nazorat inspeksiyasi tomonidan 12 marta monitoring oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 9 ta bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma berilgan.
✔️ Murojaatchi tomonidan qayd etib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha buyurtmachi “MAHZUZ” MCHJ rahbariga tegishli koʻrsatmalar berilib, ularni 10 ish kuni davomida toʻliq bartaraf etish yuzasidan majburiyat yuklandi.