• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 11, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📝 Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Istiqlol” MFY hududidagi uy-joylarni ichimlik va oqova suv tarmoqlari bilan ta’minlash obyekti bo‘yicha murojaat  nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Buyurtmachi: “Qishloq qurilish invest” IK Toshkent viloyati filiali
Loyiha tashkiloti: “Qishloqqurilishloyiha ” MCHJ
Pudrat tashkiloti: “Master stroy grand” MCHJ

🏠Qurilish obyekti 2021-yil 27-dekabr kuni ariza orqali qurilish montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Nazorat inspeksiyasi tomonidan obyektda 12 marotaba monitoring oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 9 ta majburiy koʻrsatma berilgan. Biroq, bularni oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun pudrat tashkiloti rahbariga qonunchilikda ko’rsatilgan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

📁 Hududning bosh rejasiga asosan 23 ta 5 qavatdan iborat 20 xonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 4 ta uylar oʻz egalariga topshirilgan. 2 tasida pardozlash ishlari davom etmoqda, 1 ta uyning 2 qavatidagi gʻisht terish ishlari pudratchi tomonidan tashlab qoʻyilgan va yana bitta uy kotlovan holatida turibdi.

🔎 Foydalanishga topshirilgan uy joylarning ichki yoʻllari va hududni obodonlashtirish ishlari toʻliq tugatilgan, pardozlash ishlari olib borilayotgan 2 ta uyning ichki yoʻllarini betonlash ishlari bajarilmagan.

Shu bois hududning ichki yoʻllari boʻyicha pudrat tashkilotiga pardozlash ishlari olib borilayotgan uylarning oldini ham beton qoplama bilan qoplash va aholiga qulay sharoit yaratish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.