Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligiga pm.gov.uz orqali 2023-yilning 3-mart kuni kelib tushgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qiladi:
Bugungi kunda “DILIM-NUR STROY” MChJ rahbari B.Raupov tomonidan foydalanishga qabul qilingan yetti qavatli binoning yuqori qismidan noqonuniy ravishda, hech qanday ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlarisiz sakkizinchi qavati oʼzboshimchalik bilan binoning tom qismini ochmasdan, yaʼni binoning ichki qismida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan.
Nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur bino-inshootda noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan Buxoro shahar hokimligiga, Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Davlat Kadastrlar agentligi Buxoro viloyati Boshqarmasiga va Buxoro viloyati uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish Boshqarmasiga xatlar chiqarilgan.
Mazkur obyektni qurilish-montaj ishlari chala holda foydalanishga qabul qilingani hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari uchun Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi masʼul inspektorlari, inspeksiya boshligʻining birinchi oʻrinbosari hamda inspeksiya rahbari bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan hamda egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan.
Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Qurilish-sinov laboratoriyasi va bino-inshootlarning texnik holatini oʻrganish boʻlimi tomonidan mazkur koʻp qavatli turar-joy binosining konstruksiyasini oʻrganish natijalari boʻyicha 2023-yil 27-yanvarda texnik hisobot taqdim qilingan.
Mazkur obyekt boʻyicha “DILIM-NUR STROY” MCHJ rahbari S.Choʻliyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 99-modda 5-qismi bilan 2023-yil 7-martda maʼmuriy jazo qoʻllanilgan.
Agar mazkur muammo davom etsa Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki sudga murojaat etishi mumkinligi murojaatchiga ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, “DILIM-NUR STROY” MChJ taʼsischisi Z.Sharipova nomidan qurilishi tugallanmagan bino-inshoot “DILIM-NUR STROY” MChJ nomiga rasmiylashtirilib berilgan va mazkur bino-inshoot qurib bitkazilib, Buxoro shahar hokimining 2020-yil 20-oktabrdagi “Davlat qabul hayʼati tomonidan taqdim etilgan obyektning qurilish ishlari tugallanganligi toʼgʼrisidagi dalolatnomasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan MChJga tegishli yetti qavatli bino-inshoot foydalanishga qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan Buxoro viloyat Yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri Davlat korxonasi Buxoro shahar filiali tomonidan 2020-yil 20-oktabrda “Koʼchmas mulk obyektiga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisida Davlat reyestridan koʼchirma” berilgan hamda yetti qavatli bino-inshootning kadastr pasporti shakllantirilib, tayyorlab berilgan