❗️Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani Dehqonobod ko’chasi 1-1a-uy manzilidagi qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
▶️Havola qilingan fotolardan ko’rish mumkinki, qurilish obyektida ishlab chiqarish, qurilish xavfsizligi texnikasi, qurilishda geodeziya ishlari, zilzilaviy hududlarda qurilish ishlarini olib borish bo’yicha kamchiliklar mavjud.
✅Ushbu masala yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachi va loyihachi tashkilot mutasaddilariga 2021-yil 17-dekabrda 51201, 51202, 51203, 51204-sonli yozma ko’rsatmalar berilgan. Biroq ushbu ko’rsatmalarning talablari to’liq bajarilmagan. Bu bo’yicha hozirda O’zbekiston Respublikasi MJTK 99-moddasining tegishli bandiga asosan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilayotganini ma’lum qilamiz.