❕ Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Yangi turmush” mahallasida joylashgan 18-sonli uyning kirish yoʻlaklarida yoriqlar paydo boʻlgani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur uyga xizmat ko’rsatuvchi “Bunyodkor” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan devordagi yoriqlar bartaraf etildi. Shu bilan birga aholi vakillarining murojaatlariga asosan devorlardagi yorig’ xavfining darajasini tegishli tartibda o’rganish maqsadida Yangihayot tumani hokimligi tomonidan ushbu yangi uylarning buyurtmachisi hisoblangan Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IKga xat kiritildi.
✔️Holat tegishli tashkilotlar tomonidan instrumental oʻrganilib, texnik xavfsiz deb topilsagina murojaat to’liq yechimini topgan hisoblanadi. O’rganishlar natijasi bo’yicha qo’shimcha ma’lumot taqdim etiladi.