G‘azna telegram kanalida e’lon qilingan murojaat da tilga olingan Suv taʼminoti korxonasi faqatgina tender savdolarini tashkil etish boʻyicha konsalting xizmatlari yuzasidan tanlov oʻtkazgan. Ushbu tanlovlarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida tanlov savdolarini tashkil etish boʻyicha konsalting markazlari ishtirok etgan.
Ushbu tanlov savdolari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq etender.uz elektron platformasi orqali amalga oshirilgan.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatli organ etib belgilangan.
Oʻtkazilgan tanlov savdolari boʻyicha vakolatli organ tomonidan rasmiy sharx berilsa maqsadga muvofiq bo’lishini ma’lum qilamiz.