Ijtimoiy tarmoqlarda A.Navoiy mavzesi 106 hamda 107-sonli koʻp qavatli uylar yonida olib borilayotgan qurilish ishlari haqidagi xabarlarga asosan Fargʻona viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan holat joyiga chiqib oʻrganildi.
Mazkur qurilish yuzasidan Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining 2016-yil 20-aprel kungi qarori bilan 2 ta koʻp qavatli turar-joy binolari qurilishiga yer maydoni ajratib berilgan. Mazkur qarorga asosan tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari Fargʻona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi Axitektura shaharsozlik kengashi tomonidan tegishli mutasaddi viloyat hamda tuman idoralari bilan kelishilganligi inobatga olingan holda 2015-yil 16-aprel kungi xulosaga asosan kelishilgan boʻlib, tasdiqlangan bosh rejada mavjud turar-joy binosi bilan loyihalanayotgan bino oraliq masofasi 13 metrni tashkil etadi.
Buyurtmachi-pudratchi “TECHNO IZOL SOLUTIONS” MChJ tomonidan shaharsozlik hujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlarini boshlash uchun inspeksiyaga 2022-yil 2-dekabr kuni roʻyxatdan oʻtish uchun ariza berilgan hamda hozirda obyektda qurilish-montaj ishlari olib borilyapti. Inspeksiya tomonidan esa belgilangan tartibda nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.