Navoiy viloyati Zarafshon shahrida “Zarafshan golden group” MCHJ tomonidan qurilayotgan 12 qavatli turar-joy binosining holati aks etgan videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
🔴Ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarida obyektning yigʻma temir-beton konstruksiyalar asosida ramali tipda qurilishi koʻzda tutilgan. Tashqi tomondan toʻldiruvchi sifatida gazoblok qurilish materialidan foydalanish koʻrsatilgan.
Aynan videolavhada aks etgan gazoblok toʻldiruvchi materialining asosga mahkamlanish tartibi loyiha hujjatlarida koʻrsatilmaganligi, bogʻlash, mustahkamlash chizmalari va qirqimlari loyihaga aniq kiritilmaganligi sababli, Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “ToshuyjoyLITI” AJ Navoiy filiali masʼul xodimi J.Rustamovga, gazoblok materialining normativ talablarga zid ravishda montaj qilinishi boʻyicha “Zarafshon Golden Group” MCHJ masʼul xodimi A.Xojiyevga, shuningdek, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotining tegishli vakillariga ham takroriy ravishda MJtKning 99-moddasi tegishli qismlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Sifatsiz bajarilgan gazoblok terish ishlari 15 kun avval hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan aniqlanib, joyida buzdirib tashlangan.
☁️ Ma’lumot o’rnida, bugungi kunga qadar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ushbu obyekt boʻyicha 135 marta monitoring ishlari oʻtkazilib, aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan 32 ta koʻrsatma berilgan. Aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi, shuningdek, qurilish-montaj ishlarida loyihadan chetlanish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi sababli inspeksiya tomonidan buyurtmachining texnik, qurilish pudrat tashkilotining ichki va loyiha tashkilotining mualliflik nazorati boʻyicha masʼullarga nisbatan 5 marta Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi tegishli qismlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.