• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 15, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi orqa qismi devorda nuqson borligi ta’kidlangan qisqagina video tarqaldi.

Mazkur obyektni qurib, foydalanishga topshirgan masʼul qurilish tashkiloti “47-son XKMK” MCHJning tegishli mutaxassislari holatga izoh berishdi.

Aytilishicha, bosh binoning uzunligi 109 metrni tashkil qilishi sababli inshoot ikkiga boʻlingan holda bunyod etilgan. Mazkur suratdagi joyi esa binolarning tutashgan joyi sanaladi. Amaldagi qurilish meʼyorlari boʻyichabinoning uzunligi 60 metrdan oshgan taqdirda ikki bino orasida tutashgan joy qoʻyilishi kerak boʻladi.

Qurilish firmasi bu binoning seysmik holatiga hech qanday xavf solmasligini hamda bu holat tez orada bartaraf etilishini maʼlum qildi. Holat hududiy inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.