📎 Telegram messenjeri orqali Marhamat tumanidagi turar-joy binosining holati bo‘yicha e’lon qilingan maqola Andijon viloyati qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Unga ko‘ra 2020-yilning dekabr oyida Andijon viloyati Marhamat tumani “Alitepa” MFY Nurafshon ko‘chasida joylashgan 40 ta xonadonga mo‘ljallangan 4 qavatdan iborat turar joy binosi “Abduvali Trans Servis” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangan bo‘lib, 2022-yilning oktabr oyida qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlari asosida nihoyasiga yetkazilib, foydalanishga topshirilgan.
Nurafshon ko‘chasidagi mazkur binoga qo‘shni hududda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotganligi bois hamda yuk mashinalariga halal bermaslik uchun bolalar maydonchasidagi attraksionlar vaqtinchalik joyidan olib qo‘yilgan edi.
◀️ Hozirda pudrat tashkiloti tomonidan avtomobil turar joyi, bolalar maydonchasi va attraksionlar o‘z joyiga o‘rnatilgan bo‘lib, murojaatda ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan.
Pudrat tashkilotiga xavfsizlikni taʼminlash maqsadida rejalashtirilgan turur-joy binosining qurilish hududi va aholi yashash joyi o‘rtasida vaqtinchalik qo‘rg‘on devorlar bilan o‘ragan holda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish lozimligi bo‘yicha tushuntirish berildi.