• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 16, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

📍 Toshkent shahri Olmazor tumani “Miskin” MFY Yangi Olmazor ko‘chasi 3a-uyda joylashgan obyektning qurilish ishlari yuzasidan aholining noroziliklari aks etgan murojaat telegram messenjeri orqali tarqaldi va holat bo’yicha Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Hududdagi kadastr hujjatlariga asosan ko‘p qavatli turar-joylar, ofis, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, avtoturargohlar qurilishi “OZUN TASHKENT CONSTRUCTION” MChJ tomonidan olib borilmoqda. Obyekt 2019-yil 25-sentabrda inspeksiyani xabardor qilish orqali ro’yxatdan o’tkazilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga ko’ra “Qurilishi tugallangan inshootlarni foydalanishga qabul qilish” va ShNK (3.01.04-19 yangi tahrir)ga asosan оbyektni foydalanishga topshirilishi munosabati bilan 2020-yil 21-oktabrda Davlat qabul qilish hay’ati dalolatnomasi inspeksiya tomonidan rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, murojaat yuzasidan joyiga chiqib o’rganilganda mutasaddi tashkilotlar tomonidan qazib qo’yilgan handaq qaytib to’ldirilganligi hamda aholi noroziligiga olib kelayotgan vaziyat bartaraf etilganligi ma’lum bo’ldi.