?Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beltepa mavzesi Yangi Beltepa MFY 29b-uy manzilida joylashgan qurilish obyektida hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari buyurtmachi tomonidan to’xtatilganini ma’lum qilamiz.
?Ma’lumot uchun, yer uchastkasida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun “Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan o’tkazilgan onlayn auksion natijalari to’g’risidagi 2020-yil 30-dekabrdagi bayonnomasi tasdiqlangan va obyekt uchun belgilangan tartibda tegishli xulosalar olingan.
“ZAEIM” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari bugungi kundagi qurilish va shaharsozlik me’yor hamda qoidalariga mos kelishi yuzasidan 2022-yil 17-noyabrda “Ajdodlar madaniy merosi” MChJ tomonidan yig’ma ekspert xulosasi ham berilgan.
Jismoniy shaxs R.Q.Qobiljonov 2022-yil 16-dekabrda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspeksiyani xabardor etgan va o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tilgan.
?Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilishda tizimli nazorat o’rnatilgan.