• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 29, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Sergeli tumani TXAY ko’chasida joylashgan 9 qavatli turarjoy, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish (1-bosqich) obyekti  bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga mazkur obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun 2021-yil 10-martda xabarnoma yuborgan va ro’yxatdan o’tgan.

2022-yil yakunida ushbu binolarni qurish, fasad va yo’laklarni pardozlash, liftni ishga tushirish, hududni obodonlashtirish ko’kalamzorlashtirish, bolalar o’yingohlarini tashkil etish ishlari to’liq yakunlanganligi sabab davlat qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan. Bugungi kunda 2-bosqichda qurilayotgan ko’p qavatli turar joy binolari qurilish maydoni vaqtinchalik to’siqlar bilan to’liq o’ralgan hamda har bir yo’lakdagi liftlar soz holatga keltirilgan.

Bugungi kunda turarjoy majmuasidagi xonadonlarni ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli liftlarda qurilish materiallari hamda qurilish chiqindilari tashilmasligi ushbu qurilmalar vaqtinchalik o’chirib qo’yilgan. Quruvchi tashkilot va turar joyda doimiy istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar bilan kelishilgan holda liftlarni har bir xonadon egalariga individual elektron kalitlar orqali foydalanishi yo’lga qo’yilmoqda.