Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali fuqaro Galina Fedyanina tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lganligi bois murojaatchilarning vazir qabuliga kirish bo‘yicha so‘rovi yuzasidan tegishli mas’ullar tushuntirish olib borgan. Joriy yilning 29-mart kuni vazirlik boshqarma boshlig‘i Obidjon Mo‘minov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidan nazorat inspeksiyasi vakillari va boshqa mas’ullar mazkur murojaatchilarni qabul qildilar.
Qabulda fuqarolarning sohaga oida barcha murojaatlari qayd qilinib, holatni o‘rganish va huquqiy baho berish uchun muddat belgilandi. O‘rganish natijalari bo‘yicha yana uchrashuv tayinlanishi ta’kidlandi.