• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 30, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Facebook ijtimoiy tarmog’idagi A.Navoiy mavzesida koʻp qavatli uylar yonidagi qurilish ishlari haqida tarqalgan xabarlarga asosan Fargʻona viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan holat  joyiga chiqib oʻrganildi hamda murojaatchilar bilan birga mavjud turar-joy binosi bilan loyihalanayotgan obyektning oraliq masofasi 15 metrni tashkil etayotgani aniqlandi va obyekt belgilangan tartibda ya’ni masofada qurilayotgani tushuntirildi.

Mazkur obyekt uchun Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining 2016-yil 20-aprel kungi qarori bilan 2 ta koʻp qavatli turar-joy binolari qurilishiga yer maydoni ajratib berilgan. Qarorga asosan tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari Fargʻona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi Axitektura shaharsozlik kengashi tomonidan tegishli mutasaddi viloyat hamda tuman idoralari bilan kelishilganligi inobatga olingan holda 2015-yil 16-aprelda xulosa berilgan va unga ko’ra tasdiqlangan bosh rejada mavjud turar-joy binosi bilan loyihalanayotgan obyektning oraliq masofasi 15 metrni tashkil etgan.

Ma’lumot o’rnida buyurtmachi-pudratchi “TEChNO IZOL SOLUTIONS” MChJ Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 2022-yil 2-dekabr kuni roʻyxatdan oʻtish uchun ariza bergan va hozirda qurilish-montaj ishlarini olib bormoqda. Obyektda hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.