• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 31, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Xorazm viloyati Urganch tumani “Gʻaybu” qishlogʻida 4 qavatli 1 qavati savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasi binosi uchun loyiha “Art kamalak” X/K tomonidan ishlab chiqilib, qurilish ishlari bosh pudratchi “Inter Kaxramon Yorkinoy” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan va 2021-yil qurib foydalanishga topshirilgan.

Mazkur koʻp qavatli turar-joyda yashovchi fuqarolar ishtirokida 2023-yil 28-mart kuni mavjud kamchilik va nuqsonlar eʼtirozlarga  sabab bo‘lgan.

Jumladan:

Holatga oydinlik kiritish maqsadida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ushbu koʻp kavatli turar-joy binosida oʻrganish oʻtkazildi. Mavjud kamchiliklar koʻp xonadon egalari hali uylariga koʻchib oʻtmaganligi va turar joy qarovsiz qolganligi natijasida vujudga kelgani maʼlum boʻldi.

Pudratchi tashkilotning 2021-yil 22-dekabrdagi kafolat xatiga asosan qurilish obyektida mavjud kamchilik va nuqsonlar 2 yil muddatgacha tashkilotning oʻz hisobidan bartaraf qilib borilishi kafolatlangan. Shu bois bugungi kunda turar-joy binosidagi nuqsonlar pudratchi tashkilot “Inter Kaxramon Yorkinoy” MCHJ hisobidan bartaraf etildi va bu bo‘yicha xonadon egalari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish xatlari ham olindi.