Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Mirobod tumani “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kapital qurilish direksiyasiga tegishli 5 qavatli turar-joy binosining qurilishi yuzasidan e’lon qilingan tanqid Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Unga ko‘ra Mirobod tumani “Zaminobod” MFY “Qizil avrat” ko‘chasidagi turar-joy obyektining qurilishi bo‘yicha quyidagilar aniqlandi:
– obyektning loyiha-smeta hujjatlari Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, xulosa berilgan;
– “Shaharsozlik hujjatlari espertizasi” DUK tomonidan ijobiy ekspertiza xulosasi mavjud.
Yuqorida keltirilgan turar-joy obyekti yuzasidan bugungi kunga qadar takroran kelib tushgan shikoyatlarga asoslanib, qurilish jarayonlarida qonun buzilish holatlari ishchi guruh tomonidan qayta o‘rganib chiqiladi.
Shuningdek, mazkur o‘rganishlar natijasida qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda qonuniy choralar ko‘rilishi hamda qurilish jarayonlari bekor qilinishi bo‘yicha inspeksiya tomonidan yozma ravishda xat yuborilganligini maʼlum qilamiz.