• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 3, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Chilonzor tumanidagi “CREATIVE ARCH DESIGN” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosining foydalanishga topshirilmayotganligi yuzasidan quyidagilar aniqlandi:
Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish jarayonida Chilonzor tumani, “Cho‘pon ota” ko‘chasi, 9-mavze, 13,14,16 va 17-uylar oralig‘ida ko‘p qavatli turar-joy majmuasining qurilishida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “CREATIVE ARCH DESIGN” MCHJga 6 ta yozma ko‘rsatmalar yuborilgan.

Ko‘rsatma talablari o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli pudrat tashkilotining qurilish-montaj ishlariga masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasi qo‘llanilib, javobgarlikka tortilgan.

Bugungi kunda ushbu qurilish obyekti 1-bosqichidagi qurilish-montaj ishlari yakunlanib, jarayonnning 2-bosqichida binoning tashqi va ichki fasad suvoq ishlari olib borilmoqda. Hozirda qurilishi tugallanmaganligi bois mazkur obyekt foydalanishga qabul qilinmagan.

Turar-joy binosining qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq to‘liq bajarilishini nazorat qilib borish, Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.