• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 3, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokomalarga sabab bo‘layotgan Buxoro shahar Amir Temur ko‘chasi hududida qurilayotgan “Qurilish Real Piramida” MChJga qarashli bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binosidan xonadon sotib olgan furaqolarning murojaatlari Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Mazkur obyekt 2021-yil 11-mart kuni hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan va inspeksiya tomonidan unda doimiy nazorat o’rnatilgan. Qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida mas’ullarga inspeksiya xodimlari tomonidan 6 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Hozirgi kunga kelib obyektda ichki va tashqi suvoqlash ishlari, santexnika ishlari davom etayotganligi sababli turar-joy hali hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan va nazorat ishlari ham davom etmoqda. Murojaatda ko’rsatilgan boshqa holatlarni o’rganish esa soha mutaxassislari vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz.