• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 4, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Telegram messenjerida Kitob tumanida ipoteka krediti asosida berilgan uy-joylar sifatsiz qurilganligi haqida videolavha tarqaldi.

Aniqlanishicha, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ Qashqadaryo viloyat filiali buyurtmachiligida 2017-2018-yil manzilli dasturiga namunaviy loyihalar asosida pudrat tashkiloti “Kitob Kesh qurilish servis” IMTKK tomonidan shartnoma asosida 3 xonali 1 qavatli 30 ta namunaviy uy-joylar “Sharq Yulduzi” MFY Rus qishloq dahasida qurib, foydalanishga topshirilgan.

Murojaatda koʻrsatilgan fuqaro D.Umirovaga tegishli bosh rejadagi 3 xonali 1 qavatli namunaviy uy-joy binosida bajarilgan qurilish ishlarini nazorat oʻlchovidan oʻtkazish uchun mutaxassislar jalb qilindi.

Oʻrganish natijasida ushbu xonadonning bosh rejada joylashish oʻrni koʻcha oxirida boʻlib, koʻcha geodeziya kartagramma jihatdan nishablikda joylashgani uchun tashqi yomgʻir suvlari xonadon egalarining qarovsizligi natijasida xonadon poydevor ostiga yo‘nalish hosil qilgan. Buning oqibatida mazkur uyning ichki va tashqi devorlarida tartibsiz yoriqlar hosil boʻlgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.