2023-yilning 4-aprel kuni youtube platformasidae’lon qilingan video yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilamiz:
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yakkasaroy ko`chasi 7-uyda joylashgan “POYTAXT STROY CITY” MCHJga tegishli ko`p qavatli turar-joy binosi Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 2020-yilda ro’yxatdan o’tgan. Hozirgi kunda obyektda inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o`rnatilgan bo`lib, “Shaffof qurilish milliy axborot tizimi” orqali monitoring o`tkazish davrida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga yozma ko`rsatmalar berilgan va uning talablari o`z vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli O`zbekiston Respublikasi MJtKning 99 moddasi 1-qismi bilan buyurtmachi “POYTAXT STROY CITY” MCHJ rahbari va loyiha tashkiloti rahbariga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yana qayta jtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan inspeksiya joyiga chiqib o`rganish o`tkazganda murojaatda keltirilgan holatlar qisman to`g`ri kelishi ma`lum bo’ldi, jumladan:
1. Binoning fasad qismi xonadon egalari tomonidan yuqori qavatdan qurilish chiqindilarni maxsus texnika orqali ehtiyotsizlik bilan foydalanganligi hamda chiqindidan chiqayotgan chang sababli ayrim joylari sifatsiz holatga kelib qolgan. Hozirgi kunda buyurtmachi tomonidan fasad qismini qayta ta`mirlash hamda kamchiliklarni bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan;
2. Xonadon egalari tomonidan ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi hamda qurilish chiqindilarini tashqariga olib chiqib, o’zlari tomonidan olib ketilmayotganligi sababli binoning ichki hududi qurilish chiqindilari bilan to’lib ketish holatlari mavjud;
3. Bolalar maydonchasini tashkil etish va obodonlashtirish ishlari loyihada kelishilgan joyda olib borilmoqda. Korxona mas`ullari tomonidan aprel-may oylarida bu ishlarni to`liq yakunlash kafolatlanadi;
4. Bino lifti qismi hozirgi kunda soz holatda. Xonadon egalari tomonidan qurilish chiqindilari lift orqali tashiliyotgani sabab qurilmada nosozlik yuzga kelgan. Hozirgi kunda buyurtmachi tomonidan ushbu masala hal etilmoqda.
5. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan tadbirkor va xaridor o’rtasida tuzilgan shartnomada taqdim etilgan loyiha va bugungi kunda qurilgan obyekt tuzilishi bir-biriga mos kelmasligi kabi masalalarni hal etish hududiy nazorat inspeksiya vakolatiga kirmasligini ma`lum qilamiz.
Buyurtmachi “POYTAXT STROY CITY” MChJ yuqorida aniqlangan kamchiliklarni tez orada bartaraf qilishni kafolatlaydi. Muammo hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan.