Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Chinobod“ MFY hududidagi ”DED ONE HOUSE” MCHJ ga qarashli 1 qavatli mavjud binoni buzib, 5 qavatli turar joy sifatida qayta qurish va rekonstruksiya qilish (2-bosqich) obyektidagi holat tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrganib chiqildi.
Videolavhadagi fuqaro tomonidan tahminan aytib o’tilgan oʻlchamlar asossiz va tegishli asbob-uskunalar bilan oʻlchanmaganligi aniqlandi. Faqat mutaxassislar tomonidan qayta oʻrganish natijasida oraliq tom yopma yigʻma temir beton plitalarining bogʻlama belbogʻlarga oʻrnatilishi loyiha boʻyicha 1200 mm belgilangan, amalda 1200 mm dan 1400 gacha chiqilganligi ma’lum bo’ldi. Obyekt hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan.